KASALLIK TARIXI
🚨SHOSHILINCH! HAYOTNI SAQLAB QOLAYLIK! 🚨
💔 Mironshoxning hayoti sizning qo‘lingizda!
Men G‘ulomaliyev Shavkat, oddiy duradgor ustaman. Turmush o‘rtog‘im Ochilova Hilola – uy bekasi. Bizning yagona o‘g‘limiz Mironshox, 13 yosh, har doim kelajakka umid bilan qaragan, yaxshi o‘qigan va katta orzulari bo‘lgan bola edi.
😔 Ammo 2024 yil avgust oyida hayotimiz butunlay o‘zgardi…
Bir kuni Mironshoxning o‘ng oyog‘i qattiq og‘ridi. Biz uni Samarqand shahar shifoxonasiga olib bordik, lekin tashxis noto‘g‘ri qo‘yildi – shunchaki oyoqqa gips qo‘yishdi…
⚠️ Og‘riq kamaymadi, hatto kuchaydi. Keyin yana boshqa kasalxonaga bordik, bu safar revmatizm dedilar. Davolashdi, lekin og‘riq hech yo‘qolmadi… Keyin poliartirit tashxisi qo‘yildi…
😢 Ammo Mironshox kun sayin hushyorligini yo‘qotib borardi, harakatlanishi qiyinlashdi.
💔 Nihoyat, 7-dekabr kuni biz uni Samarqanddagi bolalar shifoxonasi gematologiya bo‘limiga olib bordik.
‼️ Va o‘sha yerda hayotimizdagi eng dahshatli so‘zlarni eshitdik:
🩸 "Sizning bolangizda OLL qon saratoni!"
Bu so‘zlarni eshitish… bu og‘riqni his qilish…
Onasi Hilola o‘sha kuni titrab, hushini yo‘qotib qo‘ydi.
Men esa o‘g‘limning yuziga qarashga ham jur’at qilolmadim…
U hech narsadan bexabar, bizdan najot kutayotgan edi…
💊 Davolash boshlandi – lekin bu haqiqiy do‘zax edi.
👨⚕️ Shifokorlar Toshkentdagi bolalar gematologiya va onkologiya markaziga borishimizni aytishdi.
📅 12-dekabr kuni Toshkentga bordik, 45 kunlik muolajani boshladik.
💉 Har bir dori-darmonni o‘zimiz sotib oldik – hatto oddiy shpritsgacha…
💔 Eng achinarlisi – Mironshoxning ahvoli yaxshilanmadi…
🛫 5-fevral kuni oxirgi umid bilan onasi uni Hindistonga olib ketdi…
Hozir Mironshox Hindistondagi Fortis Memorial kasalxonasida 🏥
⚠️ U hayot uchun kurashmoqda!
🩸 Suyak iligi transplantatsiyasi kerak!
💰 Bu operatsiya 40 000$ turadi…
🔥 MEN OTAMAN. MEN O‘G‘LIMNI QUTQARISH UCHUN HAMMA NARSANI QILAMAN. LEKIN BIZ YOLG‘IZ QOLDIK.
